Breaking! "Arsenal" Reshford uchun qancha to'lamoqchi bo'layotgani aniq

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2025, 17:31
London klubi katta kelishuvga qo'l urishi mumkin.

Ingliz nashrlari xabariga ko'ra, "Arsenal" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar "qizil iblislar" bilan ehtimoliy kelishuv borasida bog'lanishgan. "Kanonirlar" angliyalik futbolchini 21 mln funtga baholamoqda. 

Turli manbalarga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim futbolchiga ishonmaydi. Futbolchi portugaliyalik mutaxassis qarori bilan o'yinlarni o'tkazib yubormoqda.

Forvard joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida jami 24 o'yin o'tkazdi. Ularda 7 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Klub yulduz futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun