"Borussiya" Yarmolenkoni 9-raqam ostida Bundesliga bahslari qaydnomasiga kiritdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 20:45
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchi Andrey Yarmolenkoni Bundesliga uchrashuvlari uchun qaydnomaga kiritdi.

Ukrainalik 9-raqamda qayd etildi va u 9 sentyabr kuni "Frayburg"ga qarshi Germaniya chempionatining 3-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

28 avgust kuni "Borussiya" Kievning "Dinamo" klubi sobiq hujumchisi bilan 4 yillik shartnoma tuzgan edi. OAVda ushbu transfer 25 mln. evro evaziga amalga oshgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com