Yarmolenko Ukraina chempionatlari tarixida eng ko'p gol urish bo'yicha Maksim Shackix rekordini takrorladi

Оқил Абдубарноев
16 may 2026, 18:45
"Dinamo Kiev" hujumchisi Andrey Yarmolenko Ukraina chempionatlari tarixida eng ko'p gol urish bo'yicha Maksim Shackix va Sergey Rebrovning rekordini takrorladi.

Endilikda ushbu hujumchilar triosi hisobida 123 tadan gol mavjud.

Ukraina Premer-ligasining so'nggi e'lon qilingan statistikasiga muvofiq, Maksim Shackix hisobida 124 ta gol bor (ulardan 97 tasi "Dinamo Kiev" safida kiritilgan). Liga 1999/00 yilgi mavsumning 9-turidan o'rin olgan Ivano-Frankovskning "Prikarpate" jamoasiga qarshi bahsdagi (6:0) uchinchi to'pni aynan hujumchining foydasiga gol sifatida yozib qo'ygan.

Biroq "Transfermarkt" tahririyati mazkur vaziyatni o'rganib chiqib, uni gol sifatida hisobga olmagan (Maksim Shackixning kuchli zarbasidan so'ng to'p ustunga tegib, "Prikarpate" himoyachisi Konstantin Sosenko orqali darvoza to'ridan joy olgani takidlangan) va buni yaqqol avtogol sifatida qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Transfermarkt