Bernardu Silvadan ajoyib natija

17 mar 2019, 07:05
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliya kubogi doirasida “Suonsi”ga (3:2) qarshi bahsda raqib darvozasiga gol urish bilan birga yana bitta golga hammualliflik qildi.

Portugaliya terma jamoasining 24 yoshli yarim himoyachisi klub safida barcha turnirlarda 10 ta gol urib yana shuncha marta assistentlik qilishga erishdi.

Joriy mavsumda “Manchester Siti”ning yana uchta futbolchisi shunday mahsuldorlik qayd etmoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Rahim Sterling 39 uchrashuvda 19 ta gol, 16 ta golli uzatma, Leroy Sane 37 uchrashuvda 14 ta gol, 17 ta golli uzatma, Riyad Mahrez 38 ta uchrashuvda 11 ta gol, 11 ta golli uzatmani amalga oshirishgan.

APL jamoalari safida faqatgina ikki futbolchi shunga o'xshash natijani qayd etib turishibdi. Bular “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar (38 o'yin, 16+11) va MYU a'zosi Pol Pogba (14+11, 36 uchrashuv).

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports