Gvardiola mavsum so'ngida "Manchester Siti"dan ketadi. Jamoaning keyingi murabbiyi kim bo'ladi?

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025, 19:06
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska yozda Xosep Gvardiola klubni tark etgan taqdirda "Manchester Siti"ni boshqarishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, joriy mavsum Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi so'nggi mavsumi bo'lishi ehtimoli ortib boryapti. Yakuniy qaror, ehtimol, mavsum oxiriga yaqin qabul qilinadi. "Shaharliklar" bunday ssenariy amalga oshgan taqdirda harakat rejalarini ishlab chiqmoqda.

54 yoshli Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan kelishuvi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic