Sergeev kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025, 17:06
Igor Sergeev "sherlar" safida qoladigan bo'ldi.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Oldinda JCH-2026 borligi sabab Sergeev jonajon klubida qolib doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohladi va "Paxtakor"da qoldi", – deyiladi xabarda.

Aytish joiz, Igor Sergeevga Eron klublari - "Istiqlol", "Persepolis", vodiy jamoalari va boshqa klublardan qiziqish bo'lgandi.

32 yoshli forvard joriy mavsum "sherlar" tarkibida 35 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt