O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori "Neftchi"ga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
19 dek 2025, 08:37
“Neftchi” klubi qishki transfer oynasidagi yurishini davom ettirmoqda.

Farg'onaliklar asosiy e'tiborni tajribali ijrochilar bilan birga yosh va istiqbolli futbolchilarni jalb etishga ham qaratgan.
Navbatdagi yangi futbolchi - O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori Mo'minxon Bahodirxonov bo'ldi. U yangi mavsumda “Neftchi” sharafini himoya qiladi.

Qayd etish joizki, bungacha klub Nurbek Sarsenbaev, Azizbek Erimbetov va Ibrohim Shokirov bilan tarkibni to'ldirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Chempionat.asia