

31 yoshli yarim himoyachi Instagram sahifasida “Istiqlol” stadioniga minnatdorlik bildirdi.
“Istiqlol”, hammasi uchun rahmat!” – deb yozdi Yovovich ingliz, rus va o'zbek tillarida.
Futbolchining mazkur posti uning “Neftchi”dan ketishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “So'g'diyona” klubi Yovovichga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yovovich 2024 yilda “So'g'diyona” safida to'p tepgan, keyinchalik “Neftchi”ga o'tgan.



