"Man Siti" xavbeki Echeverri boshqa klublarga ham qiziq. "Bayer"dagi ijara o'yin amaliyoti yetishmasligi sababli bekor qilinishi mumkin

Alisher Ostonov
19 dek 2025, 11:38
"Man Siti" xavbeki Klaudio Echeverrining "Bayer"dagi ijarasi qishda bekor qilinishi mumkin.

19 yoshli argentinalikning agentlari manfaatdor klublar bilan muzokaralar olib bormoqda, qaror shu hafta oxirida qabul qilinishi mumkin.

Echeverriga o'yin amaliyoti yetishmayapti - u joriy mavsum "Bayer" safida bor-yo'g'i 270 daqiqa o'ynab, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sport