Benzema Ronalduni ortda qoldirdi. Oldinda Levandovski, Mbappe va Xoland bor

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2021
"Real" hujumchisi Karim Benzema "Atletik"ka qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

Shu tariqa, fransiyalik futbolchi 2021 yilda urilgan gollari sonini 47 taga etkazib oldi. Bu orqali Benzema "Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldudan (46 ta gol) o'tib ketdi. 

Bu ko'rsatkich bo'yicha "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yetakchi hisoblanadi - 69 ta gol. Ikkinchi o'rinni 49 ta gol urgan Mbappe va Xoland birgalikda egallab turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru