Beyl “Real” bilan kelishgan holda Uels termasining o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin

18 noya 2013, 12:35
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulmenning takidlashicha, mamlakat futbol assotsiatsiyasi “Real” klubi bilan kelishgan holda, madridliklar hujumchisi Garet Beylga termaning bir nechta o'yinini o'tkazib yuborishiga ruxsat berishlari mumkin.
“Agar biz safarda o'ynasak, biroq futbolchi klubning bir nechta o'yinidan so'ng, o'zini toliqqandek his etsa, unda biz unga o'zini tiklab olishi uchun vaqt ajratishga kelishib olishimiz mumkin.

U “Real” tarkibida ko'p o'yin o'tkazdi va shu sababli biz uning jismoniy tayyorgarligiga zarar etkazmagan holda tanaffus berishimiz kerak. Ha albatta, u jamoaga kerak, biroq biz uni keyingi o'yinlar uchun asrashimiz kerak”, - deydi Koulmen.

Manba: sports.ru