"Bavariya" ustozi: "CHL guruh bosqichidagi ideal natija uchun bizni taqdirlashmadi"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2022, 22:10
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi qur'a natijasi haqida fikr bildirdi.

Nemis grandi navbatdagi bosqichda PSJ bilan o'ynaydi.

"Parij klubi - kuchli raqib. Guruhda ham kuchli jamoalarga qarshi o'ynagadik. Ilk bosqichdagi ideal natija uchun bizni taqdirlashmadi.

PSJ ham biz bilan o'ynashidan xursand emas. Ammo bu to'qnashuvgacha ancha vaqt bor. Mundial kutib turibdi" - deydi Nagelsmann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern&Germany