"Bavariya" 2019 yilning noyabridan buyon ilk bor o'z maydonida yutqazdi

Alisher
8 apr 2021, 10:25
"Bavariya" CHL 1/4 final doirasidagi ilk o'yinda o'z uyida PSJni qabul qildi.

O'yin mehmonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Qayd etish kerakki, Xans-Diter Flik jamoasi so'nggi bor o'z uyida 2019 yilning noyabr oyi so'nggida "Bayer"ga imkoniyatni boy bergan edi.

Javob o'yini 13 aprel kuni Fransiyada bo'lib o'tadi. G'olib yarim finalda "Manchester Siti" - "Borussiya" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia