"Barselona" italiyalik futbolchini sotib olmoqchi

23 iyul 2020, 01:05
"Roma" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini "Barselona" klubi radarlariga tushib qoldi.

Transfermarketweb.com xabariga ko'ra, kataloniyaliklar italiyalik xavbekni joriy yozda xarid qilishga urinib ko'rishadi. 

Avvalroq Rim klubi rahbariyati 24 yoshli Pellegrini bilan hamkorlikni davom ettirmoqchiligi to'g'risida xabarlar yangragandi. Shuningdek, mazkur futbolchining xixmatlariga "Inter", "Yuventus" va PSJ singari katta jamoalar ham befarq emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfermarketweb.com