"Barselona" hujumchisi El-Xaddadi "Tottenxem"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 avg 2016, 15:10
"Tottenxem" murabbiylar shtabi "Barselona" hujumchisi Munir El-Xaddadi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining xizmatlariga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda. Ispaniyada uni "Sevilya" va "Valensiya" o'z safida ko'rmoqchi. Ayni damda Munirning transfer narxi 15 mln. evro. Bundan tashqari, "Real Sosedad" El-Xaddadini ijaraga olish niyatida. Ammo Munirning o'zi "Tottenxem"ni tanlash niyatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es