Munir "Sevilya" bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi

12 yanv 2019, 19:00
Rasman "Sevilya" hujumchi Munir El-Xaddadi transferini e'lon qildi.

Kecha andalusiyaliklar 23 yoshli forvardni 1,05 million evro evaziga sotib olishni "Barselona" bilan kelishib olishganidan xabaringiz bor.

Bugun Munir yangi klubida tibbiy tekshiruvdan o'tdi va 4,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Joriy mavsum LaLigada marokashlik futbolchi 7tu uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta golli vaziyatlarda ishtirok etdi(1ta gol, 1ta assist).

O'xshash yangiliklar


Manba: sevillafc.es