"Barselona" hujumchisi bilan kelisha olmayapti

Mirjalol Normatov
25 dek 2018, 20:57
"Barselona" rahbarlari hujumchi Munir El-Xaddadi bilan kelisha olmayapti.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi yozgacha jamoada bo'lishi aniq. Agarda u kam o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi.

Hozirda futbolchining xizmatlariga Shalke, Napoli, Vest Xem va Selta kabi jamoalardan qiziqishlar bor.

Bu mavsumda Munir barcha turnirlarda 11 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo