"Napoli" o'z tarkibiga "Barselona" hujumchisini qo'shib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2018, 18:40
"Barselona" hujumchisi Munir El-Xaddadi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, marokashlikning transferiga "Napoli" qiziqish bildirmoqda. Neapolliklar futbolchi bilan yanvarda kelishib olmoqchi, chunki Munirning "Barselona" bilan kelishuvi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

Oldinroq, "Barselona" 23 yoshli Munir bilan shartnoma uzaytirmoqchi ekanligi, ammo bu borada kelisha olmayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calcionapoli24