

Agar 20 yoshli futbolchi Kataloniya klubi safini to'ldirsa, u har mavsum 10 mln. evro ishlab topadi.
Nemis klubi qarshiligiga uchragan "Barselona" taklifni yaxshiladi va endi ular forvard uchun 90 mln. evro va yana bonus sifatida 40 mln. evro berishga tayyor.
"Borussiya" hujumchi Usmon Dembeleni mashg'ulotlardan chetlatganini e'lon qildi. Shunday qilib, futbolchi sababsiz jamoa bilan birga shug'ullanmagani uchun jazolandi. Klub futbolchiga jarima soldi.



