"Barsa" joriy mavsum La Ligada bosh bilan 16ta gol urdi - bu Yevropaning top-5 ligalaridagi eng yuqori ko'rsatkich

Alisher
22 apr 2022, 17:38
"Barselona" Yevropaning top-5 ligalarida eng ko'p bosh bilan gol urmoqda.

Kataloniyaliklar La Liga 33-tur doirasidagi "Real Sosedad" (1:0)ga qarshi o'yinda Per-Emerik Obameyangning bosh bilan urgan goli evaziga g'alaba qozonishdi.

Bu "ko'k-anorranglilar"ning ushbu mavsum La Ligada bosh bilan urilgan 16-goli bo'ldi.

"Barselona" bu ko'rsatkich bo'yicha Yevropaning "kuchli beshlik" chempionatlarida Fransiyaning "Renn" jamoasi bilan birgalikda yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Yahoo Sport