Azar "Real"dan ketmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
31 may 2021, 21:36
"Real" futbolchisi Eden Azar klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

4 may kuni belgiyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ni tark etib, "Chelsi"ga qaytmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

"Men o'zimni faqat Real Madrid libosida ko'raman. Shartnomamda hali uch yillik muddat bor. Agar maksimal tayyor bo'lsam, jamoaga ko'p narsa bera olaman. Hozir bor e'tiborimni Yevropa chempionatiga qaratganman, ammo turnirdan keyin "Real" uchun bor kuchimni beraman.

Joriy mavsumdagi o'yinlarim ko'ngildagidek bo'lmadi. Yaxshi formadaligimda doim barqaror o'yin ko'rsaman. Umid qilamanki, menda boshqa jarohatlar bo'lmaydi.

Angliyaga qaytish variantini ko'rib chiqmayapman. Barcha biladiki, "Real" safidagi dastlabki ikki mavsum men uchun omadsiz kechdi, shuning uchun bundan keyin muvaffaqiyat qozonishni istayman. Buning uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qilaman", - Azarning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca