Koreyaga ketishi kutilgan futbolchi "So'g'diyona" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026, 11:52
Jizzaxliklar himoyachisi Otabek Ahadov jamoada qoladigan bo'ldi.

"Joriy mavsum "So'g'diyona" safida harakat qilgan mahoratli yosh himoyachi Otabek Ahadov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning 31 dekabrigacha uzaytirildi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

20 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum 25 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq uning Koreya klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати