

"Joriy mavsum "So'g'diyona" safida harakat qilgan mahoratli yosh himoyachi Otabek Ahadov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning 31 dekabrigacha uzaytirildi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

20 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum 25 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq uning Koreya klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.



