"Atletiko" prezidenti: "Barselona" uchun o'sha 300 evroni o'zim berib yuboraman"

Alisher
27 sen 2019, 17:03
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Grizmann ishi bo'yicha "Barselona"ning jarimaga tortilgani borasida gapirdi.

"Barselona"ga tortilgan 300 evro miqdoridagi jarimani o'zim berib yuboraman. Bu g'alati holat, ammo reglament shunday.

Klub va "Barselona" Grizmannga huddi "Atletiko"da bo'lgan kabi munosabat bildirishlarini tilab qolaman. Shundagina u o'yinidan rohatlanadi.

Ular professional futbolchilar va xohlaganicha harakat qilishlari mumkin. Agar biz u bilan ko'rishib qolsak, hech bir muammosiz salomlashib o'tamiz", - deydi Sereso.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: COPE