

"Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish har qanday jamoa uchun juda qiyin. Lekin ishonchim komilki, Cholo bilan biz bunga erishamiz. Simeone va bu jamoa bilan bunga erisha olamiz. Men optimistman.
Nega Chempionlar Ligasida g'alaba qozona olmayapmiz? Ha, yaxshi jamoalar bor, lekin biz ham yaxshi jamoamiz. Balki bizga biroz omad yetishmayotgandir. Lekin biz maqsad sari boryapmiz. Biz talabchanmiz va unvonlarni xohlaymiz. Bizda yo'q bo'lgan o'sha muhim unvonni xohlaymiz”, - dedi Serezo.



