Asqar Tolibjonov: "Maqsudov iste'foga chiqarilgani yo'q"

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2014, 10:59
O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudovning iste'foga chiqarilgani haqida matbuotda tarqalgan xabarlar asossiz.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

TJM markazi direktori Asqar Tolibjonovga ko'ra, Shuhrat Maqsudov mazkur terma jamoa bilan ishlashda davom etadi. Kecha bo'lib o'tgan murabbiylar kengashi majlisida, aynan Maqsudov boshchiligidagi terma jamoa uchun yangi ish rejasi tuzish masalasi ko'rib chiqildi. Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasining 2014 yilgi ish rejasi yaqin kunlarda qayta tasdiqlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia