

"Eurosport" xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchini "Atletiko" o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. Oldinroq "Barselona" futbolchining agenti bilan muzokaralar olib borayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.
Sesarning klubi bilan kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi. U 2012 yildan buyon jamoasi tarkibida harakat qilmoqda. Ushbu mavsumda u 9 o'yinda qatnashib, 2 assist muallifiga aylandi.



