Arteta: "APLda g'alaba qozonish osonmas"

Mirjalol Normatov
20 fev 2022, 14:34
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining kuchli to'rtlikka kurashishi borasida gapirdi.

"Brentford"ni mag'lub etib, maqsadimiz sari yaqinlashyapmiz. Biz aynan shunday bo'lishimiz kerak. Natijalardan ko'rinmoqdaki, bu ligada g'alabaga erishish oson emas. Kelasi safar ham shunday o'yin ko'rsatishimiz lozim. Ammo bunga yaxshi tayyorlanishimiz kerak. Chunki "Vulverxempton" bilan o'yin oson o'tmaydi.

Yaxshiroq, yanada yaxshi va juda zo'r o'yin ko'rsatish kerak - maqsad shu. Birdaniga ancha keyingi kelajakni o'ylash ham xato. Vaziyat tez o'zgaradi. APLda g'alaba qozonish, darhaqiqat, juda qiyin", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal