Jeymi Karrager: "Jezus Dokereshdan yaxshiroq, bu fakt"

Aslanov Jasurbek
31 dek 2026
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager Gabriel Jezus Viktor Dokereshdan yaxshiroq deb hisoblaydi.

Seshanba kuni Arsenal APL 19-turi doirasidagi o'yinda Aston Villani 4:1 hisobida mag'lub etdi. Samarali harakatlarni amalga oshira olmagan Dokeresh 77-daqiqada almashtirildi, uning o'rniga tushgan Jezus esa 78-daqiqada gol urdi.


"Arsenal"ning ushbu o'yindagi yagona muammosi shundan iboratki, ularda shunday futbolchilar bor ekan, Dokeresh asosiy tarkibda tushmasligi kerak. Bir-ikki o'yindan so'ng, Jezus tezlikni biroz oshirgach, aynan u asosiy tarkibda tushishi kerak. U Dokereshdan yaxshiroq, bu fakt.

Avvallari [Jezus] "Arsenal" titulni qo'lga kiritishi uchun etarlicha yaxshimi yoki yo'qligi haqida savollar tug'ilardi. Ammo ayni damda u klub sotib olgan va APLda g'olib chiqishga yordam beradi deb o'ylagan yigitdan ko'ra yaxshiroq. Markaziy hujumchi sifatida Xaverc yoki Jezus Dokereshdan yaxshiroq. Ularning zaxira o'rindig'ida o'tirganini o'ylaganda, unda [Dokereshda] nazokat va klass yetishmayapti", – dedi Karrager Sky Sports efirida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal