"Arsenal"ga qarshi bahsdan so'ng Emeri nega Artetaning qo'lini siqib qo'ymadi?

Aslanov Jasurbek
31 dek 2026, 17:24
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri "Arsenal" bilan o'yindan so'ng Mikel Artetaning qo'lini nima uchun siqmaganini tushuntirdi.

APL 19-turining kechagi bahsida birmingemliklar 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Emeri final hushtagi chalinishi bilanoq tribuna ostiga yo'l oldi.

"Men doim raqib murabbiyi oldiga boraman, qo'l berib ko'rishaman va ichkariga kirib ketaman. Agar u ushbu qoidaga amal qilmasa, men kutib tura olmayman... Havo sovuq edi", – dedi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports