

“Arsenal” Ussem Auar uchun “Lion”ga 40 mln evro to'lashga tayyorligini bildirgan. Hozircha tomonlarning bu boradagi qarori ma'lum emas. 22 yoshli futbolchi 2019/20 yilgi mavsum “Lion” safida 41 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 49,5 mln evroga baholagan.



