"Arsenal" hujumchisini ijaraga berishga qaror qildi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2022, 18:16
Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Markinos bilan vaqtincha xayrlashmoqchi.

"London Evening Standard" nashri xabariga ko'ra, "kanonirlar" futbolchini ijaraga berib, u yerda o'yin amaliyotiga ega bo'lishini rejalashtirmoqda. 19 yoshli braziliyalik joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida bor-yo'g'i 1 ta o'yinda qatnashdi.

Markinos (suratda o'ngdan birinchi) yozgi transfer oynasida "San-Paulu"dan London klubiga o'tdi. Bitim 3,5 million evroni tashkil qildi. Futbolchi va "kanonirlar" o'rtasida 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: London Evening Standard