

"To'pchilar" rahbariyati francuz futbolchisiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan yangi kelishuv taklif qiladi. Bu haqida "La Gazzetta dello Sport" nashri sobiq jurnalisti, bugungi kunda "Transfermarkt" portalida ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan Nikolo Skira ma'lum qildi. London klubi mutasaddilari allaqachon 20 yoshli yarim himoyachining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida 22 o'yinda maydonga tushgan Genduzi ikki bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qilgan.



