APL. Salohdan ajoyib sermahsullik

Eldor Akmurzayev
3 yanv 2022, 09:30
Angliya chempionati 21-turida “Liverpul” safarda "Chelsi” bilan murosa (2:2) yo'lini tanladi.

Mersisaydliklar a'zosi Muhammad Saloh uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etib, musobaqadagi gollari sonini 16 taga etkazib oldi. Shuningdek, uning hisobida 9 ta assist ham bor.

Misrlik gol+pas sistemasi bo'yicha APLda qatorasiga besh mavsumdan beri 25+ natija ko'rsatib kelmoqda. Bu borada yetakchi esa Terri Anri hisoblanadi: ketma-ket 7 mavsum – 1999 yildan 2006 yilgacha.

Eslatib o'tamiz, Saloh kecha APLdagi yubiley 150-golini (148 tasi “Liverpul”da, 2 tasi “Chelsi”) urdi. Shuningdek, mersisaydliklarning 200 ta golida bevosita qatnashdi: 229 o'yin, 148+52.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports