

Unai Emeri yangi jamoadagi debyutidayoq “qizil iblislar”ni mag'lub etgan musobaqa tarixidagi 4-mutaxassisga aylanib oldi. Avvalroq, bunday natijaga Deyv Bassett (“Sheffild Yunayted”, 1992 yil), Joze Mourinyu (“Chelsi”, 2004), Alan Kurbishli (“Vest Xem”, 2006) erishgandi.
“Aston Villa” ayni vaqt chempionat jadvalida 15 ochko bilan 13-o'rinda turibdi. Jamoani oldinda Angliya Liga Kubogi 1/16 finali doirasida yana MYUga qarshi (10 noyabr) bahs kutmoqda.



