AQSHga kiritilmagan somalilik hakam UEFA Superkubogi o'yinini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2026, 18:50
Somalilik referi Omar Artan 12 avgust kuni Zalcburgda bo'lib o'tadigan PSJ – "Aston Villa" bahsiga tayinlandi.

Artan Superkubok o'yinini boshqargan birinchi afrikalik hakam bo'ladi: UEFA bu orqali 34 yoshli hakamni qo'llab-quvvatlashga qaror qildi.

Artan Jahon chempionatidagi debyutini o'tkazishi kerak edi, ammo AQSH chegarachilari 11 soatlik so'roqdan so'ng uning mamlakatga kirishini taqiqladi. Keyin FIFA prezidenti Infantino yosh hakamga "xotirjam bo'lish" va "tinchlanish"ni maslahat bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com