Angliya Kubogi. “Man Siti” bir kishi kam qolgan “Fulxem”ni ayab o'tirmadi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2020, 20:20
Angliya Kubogi 1/16 finali doirasida “Manchester Siti” uyda “Fulxem”ni qabul qilib, yirik 4:0 natijasi bilan zafar qozondi va musobaqning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

Gabriel Jezus dubl qayd etgan bo'lsa, Bernardo Silva hamda Ilkay Gyundogan raqib darvozasini bir martadan ishg'ol etishdi.

Aytish joizki, mehmonlar 6-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynadi. “Fulxem” himoyachisi Tim Rim qoidabuzarligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil olib, maydondan chetlatildi.

Manchester Siti – Fulxem 4:0 (2:0, 2:0)

Etixad Stedium

Gollar: 1:0 – 8, penalti Gyundogan, 2:0 – 19 Bernardu Silva, 3:0 – 72 Gabriel Jezus, 4:0 – 75 Gabriel Jezus.

Manchester Siti – Bravo, Joau Kanselu, Anxelino, Erik Garsiya, Otamendi (Stounz, 74), Silva, Gyundogan (Rodri Ernandes, 75), Bernardu Silva, Foden, Marez (Sterling, 53), Gabriel Jezus.

Fulxem – Rodak, Sessenon, Brayen, Rim, Kristi, Kavaleyru (Kerni, 67), Rid (Odoi, 78), Kongolo (Djasper, 83), Onoma, Xektor, Yuxansen.

Ogohlantirish: Brayen (90).

Chetlatish: Rim (6).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia