"Andijon" futbolchilari ishtirokida jonli muloqot o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2014, 14:09
Bugun "Andijon" futbol klubi murabbiylari va futbolchilari ishtirokida jonli muloqot o'tkaziladi.
Uchrashuv Andijon teleradiokompaniyasida tashkillashtiriladi. Unda jamoaning ashaddiy ishqibozlari ham ishtirok etadi. Tadbir ayni paytda davom etmoqda.

Unda quyidagi futbolchilar ishtirok etishmoqda: Rasul Rahmonov, Alisher Azizov, Anvar Rajabov, Aleksey Kasyan, Viktor Raskov, Sergey Docenko

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia