“Andijon”: Usmon Toshev oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2017, 12:10
Yurtimizda ko'zga ko'ringan hamda futbol muxlislarining sevimli saytlaridan biri hisoblangan “Championat.asia”da kecha, 17 iyun kuni “Eshitdik-da!” rukni ostida “Usmon Toshevga uchta o'yinni yutish sharti qo'yilgan”, sarlavhasi nomi ostida kichik maqola chop etildi.
Lekin shuni ma'lum qilamizki, mazkur maqolada keltirib o'tilgan xabarlar hech bir asosga ega emas. Boisi, 13 iyun kuni rasman bosh murabbiy sifatida ish boshlagan Usmon Toshevning oldiga uchta o'yinni yutish sharti emas, balki “Andijon” jamoasini oliy ligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Shu sababli rahbariyat tomonidan yangi murabbiyning oldiga uchta o'yinni yutish sharti qo'yilmaganligini ma'lum qilamiz.

Klubga aloqador bo'lmagan shaxslar tomonidan aytilayotgan mish-mish gaplarga ishonmasligingizni so'raymiz. Buning ustiga Usmon Qudratovich bosh murabbiy sifatida ish boshlagach, intervyu bergan chog'ida “Andijon”ga katta maqsadlar bilan kelganini hamda o'zining vazifalari haqida ham ochiq-oydin aytib o'tgan. “Andijon” klubi esa Usmon Toshevga har tomonlama ishonadi va uni qo'llab-quvvatlaydi.   

“Andijon” klubi matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia