Anchelotti "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng: "Aynan shunaqasini kutgandim"

Aziz Tukhtamuradov
31 mar 2019, 21:49
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Roma"ga qarshi o'yindan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Aynan shunday o'yinni kutgandim. Jamoaga barchasi joyida ekanligini aytdim. Birinchi bo'limda biroz kamtarona harakat qildik, tanaffusdan keyin esa barchasi yaxshi bo'ldi. Verdi va Yunes yaxshigina kuchaymoqda. Ularning o'sishi jamoaning mahoratini ham ko'taradi. Verdi zo'r bo'la oladimi bilmayman, ammo u juda yaxshi. Bugungi o'yin "Napoli"ga kerakli bo'lgan futbolchini taqdim eta oldi", - dedi Karlo Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport