Anchelotti PSJga qarshi o'yin haqida: "G'azabdamiz, "Napoli" deyarli g'alaba qozongan edi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2018, 11:30
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSJga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi.

"Napoli" deyarli g'alaba qozongan edi. Jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo 93-daqiqada gol o'tkazib yuborganimizdan g'azabdamiz. O'yin oxirida Di Mariya uzoq yuqori burchakni nishonga oldi. Kuchli raqibga qarshi o'ynasangiz, bunaqasi bo'lishi mumkin. Di Mariyani yaxshi ko'raman, ammo u xato zarba berganidan xursandroq bo'lardim.

Keyingi o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi deb o'ylayman. Uyda o'ynaymiz va bu biz uchun bonus bo'ladi" - deydi Karlo Anchelotti.

"Napoli" joy olgan guruh jadvali bilan tanishing: C guruhi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia