Anchelotti murabbiylik faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 sen 2017, 14:16
Kecha "Bavariya" bosh murabbiyligidan ketgan italiyalik mashhur mutaxassis Karlo Anchelotti, murabbiylik faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, mutaxassis "Chelsi" bilan chempionlikka erishgan Tumanli Albionga qaytmoqchi.

Slaven Bilichni ishdan bo'shatmoqchi bo'lgan "Vest Xem" vakillari italiyalik murabbiy bilan bog'lanishga muvaffaq bo'lishgan. Oldinroq, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" Anchelottiga qiziqish bildirgan edi.

OAVda e'lon qilinishicha, "Milan" rahbariyati ham 58 yoshli mutaxassis bilan bog'langan. Oldinroq, Anchelotti Xitoy klublaridan biri bilan kelishib olgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph