

- Mourinyo va "Manchester Yunayted"ning hamkorligi har ikkala tomonning foydasiga ishlaydi. Kelasi mavsumda Manchestyerda Gvardiola va Mourinyoning jozibali to'qnashuvi bo'ladi. Joze jahonning eng kuchli murabbiylaridan biri. Unda APLda ishlash tajribasi bor. "Manchester Yunayted"ga aynan shunday mutaxassis kerak edi. Dunyoning eng kuchli murabbiylari Manchestyerda jam bo'lishdi. Ularning to'qnashuvi ancha yorqin bo'ladi. Umuman olganda Lui van Gal yomon ishlamadi. Jamoani yangitdan qurish albatta juda qiyin.


