Anchelotti: "Endi "Real"ga ishtiyoq berish juda qiyin bo'ladi"

Mirjalol Normatov
28 may 2023, 12:47
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Sevilya"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

"Mavsumni yaxshi notada yakunlashni istaymiz. Futbolchilarga o'zlarining eng yaxshi o'yinini ko'rsatish uchun ishtiyoq berish deyarli imkonsiz bo'lmoqda. Biroq biz o'yinlarni yaxshi o'tkazishni istaymiz.

O'yin davomida futbolchilar sekinlik bilan ishonchni qaytarib olishdi. Jamoaning o'yini menga yoqdi.

JCH-2022dan keyin Rodrigo yetakchilik rolini o'ziga oldi, u ko'plab o'yinlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirmoqda. Uning mahoratiga umuman shubxam yo'q. Hujumning istalgan nuqtasida o'ynay oladi. Markazda uning kurashlarda g'alaba qilishi juda qiyin. Lekin qarshi hujumlarda u juda xavfli", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal