Alli: "Keynga to'pni uzatsangiz, u 10 tadan 9 ta vaziyatni golga aylantiradi"

Aslanov Jasurbek
1 mar 2017, 15:49
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli jamoadoshi Xarri Keyn haqida fikr bildirdi.

"Keyn - fantastik futbolchi! Xarriga to'p uzatsangiz u 10 tadan 9 ta vaziyatda gol uradi. Bu darajadagi forvard bilan o'ynash - sharaf. Keyn jamoaga o'ynaydi va o'zi ham gol urishi mumkin. U maydonda katta hajmdagi qora ishni amalga oshiradi" - deydi Alli.

Joriy mavsumda Keyn barcha turnirlarda 27 ta bahslarda maydonga tushdi va 22 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo