Agar Pellegrini iste'foga chiqarilsa, Vieyra vaqtincha "Manchester Siti"ni boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 apr 2015, 10:42
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa bosh murabbiy Manuel Pellegrinini iste'foga chiqarishni o'ylab turibdi.

Bunga sabab, Manchester derbisida "Siti"ning 2:4 hisobidagi mag'lubiyati bo'lishi mumkin. "Shaharliklar" so'nggi to'rt o'yinda bor-yo'g'i 3 ochko ishlashdi va turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turishibdi.

Agar chililik murabbiy ishdan haydalsa, vaqtincha uning o'rnini Patrik Vieyra egallab turadi. Vieyra ayni damda klubning yoshlar jamoasini boshqaradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com