Agar Donnurumma shartnomasini uzaytirmasa, asosiy tarkibdagi o'rnidan quruq qoladi

Aslanov Jasurbek
27 may 2017, 12:25
"Milan" posboni Janluiji Donnarumma klub bilan shartnomasini uzaytirmasa, rahbariyat kelasi mavsumda uni asosiy tarkibda o'ynatmaydi.

Posbon agenti hamda klub rahbariyati o'rtasidagi muzokaralar juda og'ir davom etmoqda. "Milan" futbolchiga har mavsum 3,5 mln. evro to'lashga tayyor, ammo tomonlar kelisha olishmayapti. Joriy shartnoma bo'yicha, Donnarumma yiliga 250 ming evro oladi.

Futbolchini "Manchester Siti" xarid qilmoqchi va ular darvozabon uchun 30 mln. funt sarflashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport