Afrika Millatlar Kubogi-2019. Nigeriya – JAR bahsi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
11 iyul 2019, 01:55
Afrika Millatlar Kubogi-2019ning chorak finalidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvda Nigeriya vakillari JARga qarshi to'qnash keldi va 2:1 hisobida zafar quchdi.

G'alaba to'pi o'yinning so'nggi daqiqalarida Udineze himoyachisi Uilyam Trost-Ekong tomonidan urildi. Nigeriyaliklarning yarim finaldagi raqibi Toshkent vaqti bilan bugun, soat 21:00da bo'lib o'tadigan Kot-dʼIvuar hamda Jazoir to'qnashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi. Bir necha soatlar oldin Senegal termasi ham ½ finalga chiqqandi


Nigeriya – JAR 2:1 (1:0, 1:1)

Cairo International Stadium

Gollar: 1:0 – 27 Chukvueze, 1:1 – 71 Zungu, 2:1 – 89 Trost-Ekong.

Nigeriya – Akpeyi, Trost-Ekong, Avazem, Omeruo, Kollinz, Chukvueze, Etebo, Ndidi, Ivobi (Balogun, 90), Igalo, Musa (Saymon, 81).

JAR – Uilyams, Lorch (Zvane, 58), Xlanti, Xlacvayo, Ferman, Mkxvanazi, Mokojo, Mkxize, Zungu, Tau, Motiba (Veldveyk, 86).

Ogohlantirishlar: Motiba (14), Musa (35), Xlacvayo (49), Tau (62), Mkxize (75).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia