Abdurauf Bo'riev: "Raqibning chuqur himoyaviy o'yin namoyish etishini kutgandik"

Alisher
2 iyun 2022, 13:04
U-23 Osiyo chempionatining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan so'ng jamoamiz o'yinchisi Abdurauf Bo'riev bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Dastlabki o'yin har doim qiyin ruhda o'tgan. Turkmaniston yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Biroz qiyinchiliklar bo'ldi, lekin muammolarni sekin-asta engib o'tamiz.

- Raqibning bu darajada qarshilik ko'rsatishini kutganmidingiz?

- Albatta, raqibning chuqur himoyaviy o'yin namoyish etishini kutgandik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. 

- Bugun futbolchilar erkin o'yin namoyish etishdi. Jamoaviy kombinacion o'yindan ko'ra, o'yinchilarning o'zlari vaziyatlarni yakunlashga harakat qilishdi. Murabbiy shunday ko'rsatma berganmidi yoki raqib shuni taqozo etdimi?

- Raqib bizni shunga majbur qildi. Albatta, murabbiyning ko'rsatmalarini ham bajarishga harakat qildik. Lekin raqib qarshiligi tufayli o'zimiz kutgandek o'yin namoyish etolmadik. 

- Bir vaziyatda to'pni oldirib qo'ydingiz hamda raqib darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba ham yo'lladi. Yaxshiyamki, vaziyat bartaraf etildi. Agar o'shanda gol o'tkazib, natija ko'ngilsiz yakunlanganda, tanqidlardan cho'chimasmidingiz?

- Tanqidlarga ahamiyat bermaslik lozim. Aks holda bu narsa psixologik jihatdan salbiy ta’sir o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia