Messi jahon chempionatlarida futbol tarixida ilgari hech kimga nasib etmagan ikkita rekordni o'rnatdi

4 iyul 2026, 09:00
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Kabo-Verde terma jamoasi darvozasiga birinchi bo'limda gol urib, jahon birinchiliklarining bir nechta noyob rekordlarini yangiladi.

Shu tariqa, Messi futbol tarixida ikkita alohida jahon chempionatida 7 tadan gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u nufuzli terma jamoalar turnirining barcha bosqichlarida gol urishga muvaffaq bo'lgan birinchi o'yinchi bo'ldi: Lionel JCHning barcha uchta guruh bosqichi o'yinida, shuningdek, 1/16 finaldan boshlab to final bahsigacha bo'lgan barcha bosqichlarda o'z nomini yozdirib qo'ygan.

39 yoshli Messi milliy terma jamoadagi faoliyati davomida jami 124 ta gol va 64 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com